<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><title>Dunyo (anʼanaviy)</title>
<lyrics>[V1]
 Dard toʻla ichida
 Kulmagan dunyo,
 Vayrona, lek sochin
 Yulmagan dunyo.
 U uchun jonini
 Fido qilsada
 Masihini hali
 Bilmagan dunyo.

[V2]
 Azobli oʻlimni
 Kechirdi boshdan,
 Gunohni yoʻq qildi
 Qariyu yoshdan
 Sevgisi parloqdir
 Hatto quyoshdan
 Masihini hali
 Bilmagan dunyo.

[V3]
 Zulmni xush koʻrgan
 Zulmkor dunyo
 Zaqqum yutib zor-zor
 Qilguvchi duo.
 Zulmatga nur boʻlib
 Sochsada ziyo
 Masihini tanib
 Bilmagan dunyo.

[V4]
 Koʻzingni och dunyo
 Qayga ketyabsan,
 Muddaoing nima,
 Sen rad etyabsan???
 Neni istasang sen
 Shunga yetyabsan
 Masihini chindan
 Bilmagan dunyo.</lyrics>
<author>Ravshan Xizirov</author>
</song>